So'nggi yangiliklar

O‘ZBEKISTONDA IRRIGATSIYA VA ENERGIYA SAMARADORLIGI BO‘YICHA YIRIK LOYIHA AMALGA OSHIRILMOQDA

Jahon banki ishtirokidagi «Milliy irrigatsiya tizimlarini yahshilash va energiya samaradorligini oshirish» loyihasi mamlakatimizda suv resurslarini tejash, qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish va energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan.
🔹 Loyiha qiymati — 240,5 mln dollar
- Jahon banki hissasi — 200 mln dollar
- O‘zbekiston ulushi — 40,5 mln dollar
 
🔹 Asosiy maqsadlar:
- 259 km kanalni rekonstruksiya qilish;
- 232,3 ming gektar yer maydonlariga barqaror suv yetkazib berish;
- 15,7 ming gektar yerni qayta foydalanishga kiritish;
- Kanallar suv o‘tkazish qobiliyatini 20–30% ga oshirish.
 
🔹 Kutilayotgan natija:
- yiliga 539,8 mln m³ suv tejaladi
- yiliga 165,55 mln kVt/s elektr energiyasi iqtisod qilinadi
- Qoraqalpog‘iston, Namangan, Qashqadaryo, Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida qishloq xo‘jaligi uchun barqaror suv ta’minoti yaratiladi
 
📌 Loyiha 2025–2030-yillarda amalga oshiriladi. Hozirda tender jarayonlari olib borilmoqda.
 
👉 Bu loyiha suv va energiya resurslarini tejash, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish hamda hududlarda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda muhim qadam hisoblanadi.
 
⚡️ O‘zbekistonda suv va energiya samaradorligi — kelajak taraqqiyotining asosi!

Veb-saytimiz faoliyatini baholang




Ma'lumotlar jadvali


«    Май 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yil dasturi




Ma'lumotlar arxivi


Апрель 2026 (1)
Март 2026 (8)
Февраль 2026 (1)
Сентябрь 2025 (1)
Январь 2025 (1)
Декабрь 2024 (3)