Jahon banki ishtirokidagi «Milliy irrigatsiya tizimlarini yahshilash va energiya samaradorligini oshirish» loyihasi mamlakatimizda suv resurslarini tejash, qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish va energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan.🔹 Loyiha qiymati — 240,5 mln dollar
- Jahon banki hissasi — 200 mln dollar
- O‘zbekiston ulushi — 40,5 mln dollar
🔹 Asosiy maqsadlar:
- 259 km kanalni rekonstruksiya qilish;
- 232,3 ming gektar yer maydonlariga barqaror suv yetkazib berish;
- 15,7 ming gektar yerni qayta foydalanishga kiritish;
- Kanallar suv o‘tkazish qobiliyatini 20–30% ga oshirish.
🔹 Kutilayotgan natija:
- yiliga 539,8 mln m³ suv tejaladi
- yiliga 165,55 mln kVt/s elektr energiyasi iqtisod qilinadi
- Qoraqalpog‘iston, Namangan, Qashqadaryo, Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida qishloq xo‘jaligi uchun barqaror suv ta’minoti yaratiladi
📌 Loyiha 2025–2030-yillarda amalga oshiriladi. Hozirda tender jarayonlari olib borilmoqda.
👉 Bu loyiha suv va energiya resurslarini tejash, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish hamda hududlarda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda muhim qadam hisoblanadi.
⚡️ O‘zbekistonda suv va energiya samaradorligi — kelajak taraqqiyotining asosi!